XALQARO TURNIR
«Qizilqum» jamoasi xalqaro turnirga jo’nab ketdi

- Xabaringiz bor, 7-12 iyul kunlari jamoamiz Rossiya Federatsiyasida o’tkaziladigan Innoprom-2024 musobaqasida ishtirok etadi. Shu sababdan bugun vakillarimiz Navoiy xalqaro aeroportidan Navoiy – Yekaternburg yo’nalishi orqali Rossiya Federatsiyasiga jo’nab ketdi.
- Innoprom – 2024 musobaqasida jamoamizdan tashqari «Ural» (Rossiya), «Ravshan» (Tojikiston), IMT Belgrad (Serbiya) jamoalari ishtirok etadi. Jamshid Saidov shogirdlari ilk uchrashuvni 7 iyul kuni IMT Belgrad jamoasiga qarshi o’tkazadi.
- Yekaternburga yo’l olgan «Qizilqum» jamoasi a’zolari:
- Darvozabon: Humoyunshox Sayyotov
- Himoyachilar: Ilhomjon Vaxobov, Nikolay Tarasov, Fayzullo Qambarov, Abduxoliq Tursunov, Samandar Shukrullayev.
- Yarim himoyachilar: Davron Anvarov, Xumoyun Abdualimov, Shaxzod Raxmatilloyev, Azizbek Usmonov, Diyorbek Raxmatilloyev, Bobomurod Bozorov, Asadbek Asadov.
- Hujumchilar: Muhammadali G’iyosov, Fayzullo Jumanqo’ziyev.



