SUPERLIGA

Jiddiy kurashlarga boy o’tgan bahsda «Andijon» bilan jangovor durang natijasini qayd etdik! (matnli translyatsiya)

  • Superliga – 2024 | 11-tur
    «Markaziy» stadion | Qarshi

    «Qizilqum» – «Andijon» 3:3 

    Gollar: 3 – Akaki SHulaya, 42 – Elguja Lobjanidze (pen ), 44 – Rustam Turdimurodov, 78 – Rustam Turdimurodov (Bektemir Abdumannonov), 90+ – Akaki SHulaya (pen)

    «Qizilqum«: 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vahobov, 7.Davron Anvarov (27.SHohboz Jo’rabekov, 67), 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Elguja Lobjanidze (77.Fayzullobek Jumanqo’ziev, 67), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G’iyosov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev, 23.Samandar SHukurillaev, 25.Azizbek Usmonov.

    Zaxira: 1.Xumoyunshoh Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 24.Abduholiq Tursunov, 37.SHerzod Fayziev, 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 79.Diyor Rahmatilloev.

    _____________________________________________________________________________________

    Uchrashuv yakunlandi. Qarshida bo’lib o’tgan bahs Superliganing joriy mavsumdagi eng qiziq va shiddatli uchrashuvlardan biri bo’ldi
  • 90+12CHetlatish: Aleksandr Xomyakov ham hakam tomonidan chetlatildi
  • 90+8. GOOOL. Arveladze hisobni tenglashtirmoqda, «Andijon» jamoasini hech kim hech qanaqasiga sindira olmadi
  • Hakam ikkinchi bo’limga 10 daqiqa qo’shib berdi
  • 90+2. GOOOL. Akaki SHulaya hisobni o’zgartirdi
  • 89. CHetlatish: Zaxiraga olingan Azimov hakamga gapirgani uchun chetlatildi
  • 88. Andijonliklar maydonga tushishni istashmayapti. Ular bugungi hakamlikdan juda qattiq norozi bo’lishmoqda
  • 87. Hakam penalti belgiladi
  • 86. Hakamni VArga chaqirishdi. Mehmonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin
  • 83. Ogohlantirish: Komilov hakam tomonidan ogohlantirildi
  • 81. O’zgarish: Vahobovning o’rniga Ubaydullaev tushdi
  • 79. O’zgarish: Bektemirning o’rniga Sohibjonov maydonga tushdi
  • 78. GOOOL. Turdimurodov haqiqiy hujumchilardek harakat qildi va o’z imkoniyatidan foydalandi. Bektermirdan navbatdagi assist
  • 73. Ogohlantirish: Abdulvohid G’ulomov hakam tomonidan ogohlantirildi
  • 72. Bektemir Abdumannonovning uzoqdan yo’llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
  • 71. Mezbonlarning sardorida ajoyib imkoniyat paydo bo’ldi, biroq uning tezligi unga pand berdi
  • 70. O’zgarish: Levan Arveladze, SHerzod Esanov, Abdurahmon Komilov va SHahrom Samiev maydonga tushdi, ular Ilhom Alijonov, Sardorbek Azimov, Muhammadkarim Toirov va Farxod Bekmurodovni alishtirishdi
  • 68. Andijonliklar safida ham o’zgarish bo’ladi. Murabbiylar bir yo’lla to’rt nafar futbolchini alishtirmoqchi
  • 67. O’zgarish: Fayzullobek Jumanqo’ziev va SHahboz Jo’rabekov maydonga tushmoqda. Ular Davron Anvarov va Elguja Lobjanidze
  • 63. Giorgi Kuxianidze ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi
  • 60. Vahobovdan super uzatma, biroq Elguja Lobjanidze to’pni to’xtata olmadi
  • 58. Bubanya boshi bilan zarba yo’lladi, biroq to’pga aniqlik etishmadi
  • 57. Ikkinchi bo’limda mehmonlar hujum qilishga intilmoqda, hozircha muvaffaqiyatsiz. Mezbonlar esa maksimal darajada to’pni egalashga intilishmoqda
  • 53. SHulayaning uzatmasini Litovka qaytardi. Qaytgan to’pni esa mehmonlar himoyachisi jarima maydonchasidan chiqarib yubordi.
  • 49. Akakining zarbasini Vladimir Bubanya qaytarmoqda. «Mezbonlar» ikkinchi bo’limni yaxshi boshlashdi
  • Birinchi bo’lim yakunlandi
  • Hakam birincho bo’limga daqiqa qo’shib berdi
  • 44. GOOOL. SUPER GOOOL! Rustam Turdimurodovdan Akakiga javob. Tur goliga navbatdagi davogar
  • 43. AKAKI. Gruziyalik futbolchining zarbasi to’cinga tegmoqda. Agar ushbu zarba gol bilan yakunlanganda yana bir super gol guvohiga aylangan bo’lardik
  • 42. GOOOL. Elguja Lobjanidze hisobni o’zgartirdi
  • Sardor Ismatullaev VAR bilan suhbat qurmoqda. Hakamning fikri o’zgarmadi va andijonliklar darvozasiga penalti qo’yildi
  • 40. Hakam Vahobovga jarima maydonchasining ichida qo’pollik ishlatdi deb hisobladi va penalti qo’ydi
  • 37. Bugungi uchrashuvda mayda va jiddiy qo’polliklar ko’payib ketmoqda. Hakam har bir vaziyatga xushtagini chalmoqda
  • 32. Ogohlantirish: Mehmonlar bosh murabbiyi hakamning qarorlarini ochiqchasiga namoyon qildi va shu sababli ogohlantirildi
  • 28. Akakini jarimadan yo’llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi
  • 26. G’iyosov uchrashuvdagi ikkinchi golni urdi, biroq yon hakam bayrog’ini ko’tardi
    24. CHetlatish: Sardor Ismatullaev Ilhom Abdug’anievga qizil ko’rsatdi.  O’zi shundog’am qiyin ahvolda bo’lib turgan «Andijon» qolgan 70 daqiqani bir kishi kam bo’lib o’ynaydi
  • 22. Mehmonlarning navbatdagi hujumi va yana hech kim bu to’pga etib kela olmadi
  • 16. SHahzodbek Rahmatullaevning jarimadan uzatgan to’pini mehmonlar himoyasi qaytarmoqda
  • 14. «Andijon» jamoasi futbolchilari bosh hakam bilan ko’p bahslashishmoqda. Hozircha yosh hakamning qarorlari mehmonlarga yoqmayapti
  • 11. Goldan so’ng mehmonlarning hujumlar sonini ortmoqda. Abdumannonovning jarimadan uzatgan to’pi hech kimga tegmadi
  • 3. GOOOL. Akaki SHulaya jarima zarbasidan super gol urmoqda. Tur goliga nomzod
  • 2. Ogohlantirish: Sardorbek Azimov hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi
  • UCHRASHUV BOSHLANDI!

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button