SUPERLIGA

Jizzaxda «Dinamo» jamoasiga mag’lub bo’ldik. Raqiblar darvozamizga 2 ta gol kiritdi

  • «Dinamo» va «Qizilqum» jamoalari o’rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Murosasiz kurashl;ar ostida o’tgan o’yin raqiblarning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.

    Superliga – 2024 | 10-tur
    «So’g’diyona» SM | Jizzax

    «Dinamo» 2:0 «Qizilqum»

    Gollar: Joel Kojo, 14 pen (1:0), Anvar Hojimirzayev, 45+6 pen (2:0)

    «Qizilqum»: 12. Robert Ozols, 4. Ilhomjon Vahobov, 7. Davron Anvarov (22. SHahzodbek Rahmatullaev, 72), 8. Giorgi Kuxianidze, 10. Elguja Lobjanidze, 11. Akaki SHulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G’iyosov, 23. Samandar SHukurillaev 27. SHohboz Jo’rabekov ((14. Fayzulla Qambarov,46), 77. Fayzullobek Jumanqo’ziev

    Zaxira: 1. Humoyunshoh Sayyotov, 9. Humoyun Abdualimov,  24. Abduxoliq Tursunov, 28. Akmaljon Muzaffarov, 71. Jamoliddin Ubaydulloev, 76. Ramazon Rabbimov, 79. Diyor Rahmattiloev
  • Ogohlantirish: SHohboz Jo’rabekov («Qizilqum») 13, Salim Mustafaev («Dinamo») 23, Dushan Miyich («Dinamo») 56, Odilbek Abdumajidov («Dinamo») 87

    _________________________________________________________________________________________________________

    Uchrashuv yakunlandi. 
  • 90+4. O’ZGARISH. «Dinamo», Joel Kojo o’rniga Muhammadbobur Asadullaev tushdi.
  • 90+2. Hakam tomonidan qo’shib berilgan daqiqalarda «Qizilqum» bosimni oshirdi. «Dinamo» yaxshi himoyalanmoqda. 
  • 90. Ikkinchi bo’limga 7 daqiqa qo’shib berildi. 
  • 88. OGOHLANTIRISH. «Dinamo», Odilbek Abdumajidov
  • 87. O’ZGARISH. «Dinamo», Francis Narx o’rniga Hislat Halilov tushdi. 
  • 86. ZARBA. Muhammadali G’iyosovning zarbasi juda noaniq. 
  • 83. O’ZGARISH. «Dinamo», Sanjar SHoahmedov o’rniga Damir Temirov, Anvar Xojimirzaev o’rniga Emmanuel Yagr tushdi. 
  • 76. Narxning goli o’yindan tashqari holat sabab inobatga olinmadi.
  • 72. O’ZGARISH. «Qizilqum», Davron Anvarov o’rniga SHahzod Rahmatullaev tushdi. 
  • 70. GOL. YO’Q. Narx raqib darvozasini ishg’ol qildi. Biroq hakam o’yindan tashqari holat qayd etdi. VAR eshitilmoqda. 
  • 66. «Dinamo» hujum qilishga harakat qilib ko’rdi. Ikkinchi bo’limda «Qizilqum» himoyachilari ancha tartibli harakat qilmoqda. Xojimirzaevning uzatmasiga Narx ulgurmadi. 
  • 56. OGOHLANTIRISH. «Dinamo», Dushan Miyich
  • 46. O’ZGARISH. «Dinamo», Farruh Ikromov o’rniga Humoyunmirzo Iminov tushdi. 
  • 46. O’ZGARISH. «Qizilqum», SHahboz Jo’rabekov o’rniga Fayzulla Qambarov 
  • Ikkinchi bo’lim boshlandi. 
  • Birinchi bo’lim yakuniga etdi. Tanaffus!
  • 45+6. GOL. Anvar Xojimirzaev o’zi ishlagan penaltini o’zi tepdi va golga aylantirdi. 
  • 45+5. PENALTI. Doston Mirzaraimov VAR monitorida o’zi vaziyatni ko’rdi va «Qizilqum» darvozasiga penalti belgiladi.
  • 45+3. Hakamning o’zi VAR monitori oldiga keldi. 
  • 45. Birinchi bo’limga 4 daqiqa qo’shib berildi. 
  • 45. Anvar Xojimirzaev raqib jarima maydonchasi ichida yiqitilgandek ko’rindi. VAR ehtimoliy penaltini ko’rib chiqmoqda. 
  • 40. «Qizilqum» futbolchisi  Akaki SHulaya ochiq xududda, birga bir vaziyatda «Dinamo» darvozasiga noaniq zarba berdi.
  • 37. ZARBA. Ratino jarima zarbasini ijro etdi. To’p darvoza yonidan o’tib ketdi. 
  • 32. O’yinda temp yuqori emas. O’yin maydon markazida kechmoqda. 
  • 23. OGOHLANTIRISH. «Dinamo», Salim Mustafaev
  • 21. Akaki SHulaya oldinga uzatmalar bermoqda. Ularni yakunlovchi futbolchi etishmayapti. 
  • 18. «Dinamo» himoyachisi Dushan Miyichga shifokorlar yordam ko’rsatmoqda. Uning jarohati jiddiyga o’xshamoqda. 
  • 14. GOL. Joel Kojo 11 metrlik nuqtadan zarba yo’llashda xatoga yo’l qo’ygani yo’q. Darvozabon to’p yo’nalishini topdi. Zarba esa kuchli edi. 
  • 13. PENALTI. Sanjar SHoahmedovning zarbasi yo’l-yo’lakay yo’nalishini o’zgartirib SHohboz Jo’rabekovning qo’liga tegdi. Bu penalti. 
  • 8. Yana SHulaya. Uning uzatmasini Muhammadali G’iyosov golga aylantira olmadi. Boshi bilan yo’llagan zarbasi ancha noaniq. 
  • 6. Xavfli vaziyat. Akaki SHulaya Jumanqo’zievni to’p bilan taminladi. Uning zarbasi noaniq ketdi. 
  • 4. «Qizilqum»ning dastlabki hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 
  • – O’yin boshlandi. 
  • – Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. 

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button