SUPERLIGA-2024
«Markaziy» da mag’lubiyatga uchradik (matnli translaytsiya)

- «Qizilqum» Superliganing navbatdagi tur uchrashuvida Toshkentning «Olimpik» jamoasiga mag’lub bo’ldi. Qiziqarli va gollarga boy o’tgan bahs mehmonlarning 4:2 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. Jamoamiz tarkibida Fayzullo Jumanqo’zieyv hamda Giorgi Kuxianidzelar o’z hisobiga gol yozdirib qo’yishdi.
- Superliga – 2024 | 8-tur
«Markaziy» stadion | Qarshi shahri
- «Qizilqum» 2:4 «Olimpik»
Gollar: Fayzullobek Jumanqo’ziyev 13’ (1:0), Axmadullo Muqumjonov 54’ (1:1), Otabek Jo’raqo’ziyev 56’ (1:2), Alisher Odilov 67’ (1:3), Giorgi Kuxianidze 83’ (2:3), Muxsin Bazarov 88’ (2:4).
- «Qizilqum»: 12.Roberts Ozols, 7.Davron Anvarov, 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G’iyosov, 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov, 27.SHahboz Jo’rabekov, 37.SHerzod Fayziev, 77.Fayzullobek Jumanqo’ziev.
Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhom Vahobov, 9.Humoyun Abdualimov, 10.Elguja Lobjanidze, 14.Fayzulla Qambarov, 22.SHahzod Rahmatullaev, 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 79.Diyor Raxmatilloev, 99.Asadbek Asadov.
_______________________________________________________________________________________________________
UCHRASHUV YAKUNLANDI! - 90. Ikkinchi bo’limga 8 daqiqa qo’shib berildi.
- 88. GOL! Bir necha daqiqa avval maydonga tushirilgan Muhsin Bozorov «Qizilqum» himoyasidagi palapartishlikdan foydalangan holda raqib darvozasini ishg’ol qildi!
- 84. «Olimpik»da ikki o’zgarish bo’ldi.
- 83. GOL! Giorgi Kuxianidze 11 metrli nuqtadan Edem Nemanov qo’riqlayotgan darvozaning markaziga aniq zarba yo’lladi!
- 80. «Olimpik» darvozasi tomon penalti belgilandi. Mirsaidov Kuxiniadzega nisbatan qo’pollik ishlatdi deb topildi. Hakam VAR bilan suhbatlashdi va qarorini o’zgartirmadi.
- 76. «Qizilqum» ikkita o’zgarishga qo’l urdi.
- 75. «Olimpik» futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi.
- 69 GOL! Himoyachidan to’pni qabul qilib olgan Alisher Odilov «Qizilqum» darvozasini ishg’ol qilib, tablodagi hisobni ishonchli ko’rinishga keltirdi.
- 67. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi.
- 66. Muqumjonov Jo’manqo’zievga nisbatan qo’polik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
- 64. «Olimpik»da o’zgarish sodir bo’ldi.


- 59. «Qizilqum» tarkibida o’zgarish ro’y berdi.
- 56. GOL! «Olimpik»dan kambek! Jo’raqo’ziev «Qizilqum» himoyachilarini chalg’itgan holda raqib darvozasining pastki o’ng burchagiga to’pni joylab qo’ydi!
- 53. GOL! Ahmadillo Muqumjonov o’tkir burchakdan jarima zarbasini «Qizilqum» darvozasi tomon aniq yo’lladi!
- 51. Akaki SHulaya «Olimpik» futbolchisiga nisbatan qo’pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.
47. Muqimjonovning pasidan keyin Jo’raqo’ziev raqib darvozasini ishg’ol qilgandi, hakam o’yindan tashqari holat qayd etilganini malum qilgandi. SHunga qaramay, VAR ishga tushdi. Biroq hakamning qarori o’zgarmadi.- 46. Ikkinchi bo’lim boshlandi. Ikkala jamoa tarkibida bittadan o’zgarish ro’y berdi.


- Birinchi bo’lim yakunlandi.
- 45+1. ZARBA! SHulayaning burchakdan uzatgan to’piga G’iyosov bosh bilan zarba yo’lladi, Nemanov to’pni qaytardi.
- 45. Birinchi bo’limga 3 daqiqa qo’shib berildi.
- 41. Muhammadali G’iyosov va Akaki SHulaya hakam tomonidan ogohlantirildi.
- 40. ZARBA! Jumanqo’ziev «Olimpik» jarima maydonining chap burchagidan kuchli zarba yo’lladi, ammo to’p yo’nalishi noaniq ko’rinish oldi.
- 36. SHulayaning jarimadan yo’llagan zarbasini jamoadoshi G’iyosov beli bilan qaytardi.
- 35. «Olimpik» futbolchilari xavfli hujum tashkillashtirdi, ammo Rahimjonovning zarbasi o’z sherigiga tegib qaytdi.
- 33. ZARBA! SHulayaning uzoq masofadan yo’llagan zarbasini Nemanov qaytardi.
- 29. Bo’rievga nisbatan G’iyosov fol ishlatdi.
- 25. Ibrohim Ibragimov SHukurullaevning yuziga urib yuborgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
- 22. Muxtorov yana bir to’qnashuvda ishtirok etdi, bu safar Kuxianidze unga nisbatan xavfli harakat amalga oshirdi.
- 19. Farrux Muxtorov hujumda «Qizilqum» futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi.
- 13. GOL! SHulayaning yon chiziqdan uzatgan to’pini Jumanqo’ziev «Olimpik» darvozasiga joylab qo’ydi!
- 12. Raqib xatosidan foydalangan «Qizilqum» futbolchilarining hujumi Jo’rabekovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
- 11. «Qizilqum» himoyachisi jamoadoshi SHulayani raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chorlagandi, ammo Nemanov o’z vaqtida to’pga chiqdi.
- 6. «Olimpik» futbolchilarining dastlabki hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo «Qizilqum» himoyachilari bu urinishga blok qo’yishdi.
- 3. Maydon markazida raqib futbolchisi bilan to’qnashuv natijasida «Qizilqum» sardori shikastlandi. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko’rsatiladi.
- 1. Uchrashuv boshlandi.