INTERVYU

Superliga 7-turi doirasida oʻtkazilgan “Metallurg” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • Oʻyin haqida

    “Metallurg” bugungi uchrashuvga kuchli tayyorgarlik koʻrganini bilar edik. Oʻyin qiziqarli boʻldi, ayniqsa ikkinchi boʻlim. Vaziyatlar yarata oldik. Tanaffusdan keyin ochiq futbol boʻlib ketdi. Jamoalar hujumkor oʻyinga oʻtishdi. Bir ochko Afrikada ham bir ochko. Navoiydan kelgan muxlislarimizga rahmat. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik koʻrishni boshlashimiz kerak. May oyida zich taqvim va oʻyinlar koʻp.
  • Diyor Rahmatullayevning oʻzgarishi haqida gapirib oʻtsangiz?

    Rahmatullayev oʻyinga qoʻshilib keta olmadi va shu sababli uni oʻzgartirdim. Fayzullo Jumaqoʻziyev bugun yaxshi oʻynay olmadi. Ikki futbolchi oʻyin tempiga tusha olmadi. Bunday boʻlib turadi va bu normal holat.
  • Nima sababdan Lobjanidze asosiy tarkibdan joy olmayapti. U jarohatidan forigʻ boʻldimi?

    Lobjanidzeni asosiy tarkibda tushirish xavfli. U hali toʻliq tayyor emas, sekin astalik bilan tarkibga qoʻshib boramiz. Avvaliga 10 daqiqa, keyingi uchrashuvlarda 20 daqiqa. Sport formasiga qaytib olish uchun vaqt kerak. Hali oldinda oʻyinlar koʻp va u oʻz imkoniyatiga ega boʻlishi aniq.
  • “Qizilqum” jamoasi keyingi uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan koʻrishimiz mumkinmi?

    Bunday sirlarni ommaga oshkor etish notoʻgʻri(kuladi). Biz har bir oʻyinga har hil tayyorgarlik koʻramiz va reja tuzamiz. Raqiblar har hil va ularga qarshi turli hil uslub tanlaymiz. Soʻngi mavsumlarda chempionatimiz darajasi yaxshigina oʻsdi. Sifatli jamoalar va kuchli oʻyinchilar soni koʻpaydi. Raqobat oshdi. Olimpiya terma jamoamiz ham Olimpiada oʻyinlariga yoʻl olgani bunga dalil boʻla oladi. Hozirgi kunda “lider” va “autsayder” degan tushunchalar yoʻq.
  • Shahboz Joʻrabekov bugun maydonda emotsional harakatlandi. Joʻrabekovning maydondagi harakatlariga qanday fikr bildira olasiz?

    Futbolda emotsiyalar boʻlib turadi. Bu tabiiy hol. Bugungi oʻyin qiziqarli boʻldi. Vaziyatlar koʻp boʻldi va shu sababli futbolchilar biroz qizishib ketgan boʻlishi mumkin. Hissiyotlarsiz oʻyin qiziq boʻlmay qoladi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button