O'ZBEKISTON KUBOGI
Kubok uchrashuvlarini mag’lubiyat bilan boshladik. Mehmonda «Olympic Mobiuz» ga yutqazdik

- O’zbekiston kubogi «D» guruhida ilk 1-tur uchrashuvlariga start berildi. Mazkur turda Jamshid Saidov shogirdlari Toshkentning «Olympic Mobiuz» jamoasiga qarshi mehmonda o’yin o’tkazdi. Qiziqarli va gollarga boy o’tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g’alabaga erishdi. Uchrashuvdagi jamoamizning yagona goliga Salohiddin Tursunov mualliflik qildi.



- O’zbekiston kubogi | 1-tur | «D» guruhi
«Do’stlik» stadioni | Toshkent viloyati
«Olympic Mobiuz» 2:1 «Qizilqum»
Gollar: Daler Tuxsanov (Muhammadali Reimov) 8′, Daler Tuxsanov penalti 79′ – Salohiddin Tursunov (Ilhom Vahobov) 90′
- «Qizilqum»: 1.Humoyunshox Sayyotov, 4.Ilhom Vahobov, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov (33.Sulton Rahmatov, 71), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Muhammadali G’iyosov, 18.Murodali Usmonov (3.Doston Tursunov, 36), 22.SHahzod Rahmatullaev (39.Amir Azamatov, 71), 24.Abduxoliq Tursunov, 28.Akmal Muzaffarov ( 29.Salohiddin Tursunov, 46), 99.Asadbek Asadov (36.SHohruh Nishonov, 71).
Zaxira: 21.Jahongir Mamatqulov, 38.Kamron Norqulov.
