MUXLISLAR

«Qizilqum» jamoasi muxlislari diqqatiga!

  • Xabaringiz bor ertaga «Qizilqum» jamoasi Superliga 5-tur doirasida Jizzaxning «So’g’diyona» jamoasi mehmoni bo’ladi. Ushbu bahs har ikkala jamoa uchun ham juda muhim hisoblanadi, qolaversa mazkur bahsga qiziqish yuqori. Sababi o’yindagi g’alaba jamoalarni turnir jadvalida o’z o’rinlarini yaxshilab olishga imkoniyat beradi.

    Ushbu sabablarni inobatga olgan holda uchrashuvda “Qizilqum” ni stadiondan turib oʻn ikkinchi oʻyinchi sifatida qoʻllab-quvvatlash uchun klub rahbariyati Navoiy – Jizzax – Navoiy yoʻnalishida avtobus qatnovini tashkil etishni rejalashtirgan. Avtobus 5-aprel kuni soat 12:00 da Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasi yonidan joʻnab ketadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button