INTERVYU

Superliga 4-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” (0:0) uchrashuvidin soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid SAIDOV matbuot anjumanida qatnashdi

  • – Oʻyin haqida

    Jangovar durang boʻldi. Ikkala jamoa ham durangga loyiq edi. Boshidan oxiriga qadar maydon markazida kurash kechdi. Lekin vaziyatlar yarata olmadik. Yigitlarning oʻyinidan qoniqdim. Qiyin boʻlganini bilaman. Natijadan qoniqdim.
  • – Ikkinchi boʻlimning boshida oʻzgartirish qildingiz. Bu natija bilan bogʻliqmidi?

    Avvalgi uchta turda hujumchisiz oʻynadik. Bugun Muhammadali Gʻiyosovni oldingi chiziqda xavfli vaziyat yaratish uchun maydonga tushirdik. Afsuski, u formada emas. Juda koʻp oʻyinlarni oʻtkazib yubordi, formani tiklab olishga vaqt kerak. Muhimi, u oʻyinni buzib qoʻymadi.
  • – Bugun zaxiradan tushgan oʻyinchilar aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak edi va ulardan nimalar kutilgandi?

    Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch yetishmadi. Menimcha, bunga ularning roʻza tutgani sabab boʻldi. Bu oʻz soʻzini aytdi. Yetarlicha kurasha olmagan nuqtalarimizda ham oʻzgarishlarni amalga oshirdik. Bu asosan tayanch nuqtasi va ikki qanot.
  • – Bugun legionerlar oʻyin boshidan harakat qilishdi. Ular oʻzlarini koʻrsata olishdi deya olasizmi?

    Legionerlarimiz har oʻyin yaxshi oʻyin koʻrsatishmoqda. Ular oʻyinni buzib qoʻyishmadi, har bir uchrashuvda ular foydali harakat qilishmoqda.
  • – Joʻrabekovni almashtirilishiga sabab nima?

    Joʻrabekovda kichik jarohat bor. Ikkinchi oʻyin-ki, bu narsa halal bermoqda. Unda jangovar xarakter bor, har bir oʻyinda oxiriga qadar oʻynaydi. Afsuski, kichik jarohat halal bermoqda. Endi bu jarohatni tuzatishga yetarli vaqt boʻladi. Joʻrabekov yaxshi oʻynadi, ammo uni almashtirish kerak deb hisobladim. Chunki u oxirgi 10-15 daqiqada pozitsiyalarni yopishga ulgurmadi.
  • Lobjanidze qachon safga qaytadi?

    Ozgina qoldi. Kubok oʻyinlarida uni maydonga tushirishga harakat qilamiz. Hozir tiklanish jarayoni ketmoqda. Umid qilamanki, u kubok oʻyinlarida maydonga tusha oladi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button