HAKAMLAR

“Lokomotiv” bilan uchrashuvni Temur To’xtasinov boshqarib boradi. VAR da esa Rustam Lutfullin ishlaydi

  • 29-mart kuni Superliganing 4-turi doirasida «Qizilqum» Qarshida «Lokomotiv» jamoasini mehmon qiladi. UzFHM mazkur bahsda ishlaydigan rasmiylarni e’lon qildi. Unga ko’ra uchrashuvda andijonlik hakam Temur To’xtasinov boshchilik hakamlar brigadasi ishlaydi. Mazkur bahs Temur To’xtasinovning jamoamiz ishtirokidagi o’yinlar hisobi bo’yicha 7-uchrashuvi bo’ladi. Bungacha ushbu refere boshqargan o’yinlarda jamoamiz 4 bahsda g’alabaga erishgan bo’lsa, qolgan 2 ta o’yinda vakillarimiz mag’lubiyatga uchragan.
  • Bosh hakam: Temur To’xtasinov
  • Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov
  • Zahira hakami: Nayim Qosimov
  • VAR hakami: Rustam Lutfullin
  • AVAR: Elnur Doniyorov
  • Nazoratchi: Konstantin Smirnov
  • PFL komissari: Jahongir Rahmatullayev

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button