INTERVYUYANGILIK

Superliga 2-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Surxon” (2:1) uchrashuvidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

  • Jamshid Saidov: “Gʻalaba qozonganimizdan xursandman. Ketma-ket ikkinchi oʻyin ikkinchi taymda yaxshi harakat qila olmayapmiz, ammo shunga qaramay 3 ochko uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman” Muxlislik uchun kelgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.
  • “Qizilqum” jamoasi oldiga qanday vazifa qoʻyilgan?

    Jamoamiz maqsadi: oʻtgan mavsumdan yaxshiroq natija qayd etish.
  • Jamoa nega ikkinchi boʻlimda oʻyinni susaytirib yuboryapti?

    Menimcha psixologiya. Muvaffaqiyatli birinchi boʻlimdan soʻng yigitlar gʻalabaga erta ishonib qoʻyishmoqda. Hech qanday jismoniy muammolar yoʻq. Dastlabki turlar oʻtib olgandan soʻng hammasi oʻz joyiga tushib ketadi deb oʻylayman.
  • “Qizilqum” mart oyida “Nasaf” va “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahslarda jamoaning imkoniyatini qanday baholaysiz?

    Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Chempionatda yengil oʻyinlar boʻlmaydi. Nimaga qodirligimizni koʻrsatishga urinamiz. Albatta ijobiy natijani reja qilganmiz.
  • Jamoaga gruziyalik hujumchi (Elguja Lobjanidze) taklif qilingan edi. Uning jarohati bormi, boʻlsa qachon qaytadi?

    Ha, unda shikastlanish bor. Ular tarkibimizda, shartnoma imzolaganmiz. U safga qaytishi bilan hujumchi xizmatidan foydalanamiz.
  • Robert Ozols Latviya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Keyingi turlarda boshqa darvozabon xizmatidan foydalanasizmi?

    U ortga qanday holatda qaytishiga qaraymiz. Hammasini vaqt koʻrsatadi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button