AYOLLAR JAMOASIYANGILIK

Ayollar jamoasi rasmiy tadbirda ishtirok etishdi

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 115-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Qizilqum” professional futbol klubi hamda Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasi hamkorlikda Navoiy shahridagi 15-sonli umuta’lim maktabi o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazishdi.

    Ushbu davra suhbatidan ko’zlangan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini futbol sport turiga jalb etish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini tatbiq etishdan iborat edi.

  • Tadbirda viloyat futbol assotsiatsiyasi texnik direktori I.Nurullayev va “Qizilqum” futbol klubi texnik direktori V.Shodiyevlar ham ishtirok etishdi. Davra suhbatida “Qizilqum” ayollar jamoasi vakillari ham qatnashishib, maktabning o’quvchi qizlari orasidan futbolga qiziquvchilarni ushbu sport turi bilan shug’ullanishga taklif etishdi. Shuningdek yaqinlashib kelayotgan “8-mart xotin-qizlar kuni” bilan ham qutlashdi.

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button