Jamshid Saidov: “Bugun ”Bunyodkor“ legionerlari yaxshi oʻyin koʻrsata olishmadi”

Superliga 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Qizilqum” (1:3) uchrashuvidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib oʻtdi.
– Oʻyin haqida
– Avvalo, mavsum starti bilan futbol ahlini tabriklayman. Birinchi taymda yaxshi oʻynadik, ikkinchi taymdagi oʻyinimiz esa biroz ranjitdi. Gʻalabadan mamnunman. Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman.
– “Qizilqum” 10 ballik tizimda hatto 15 ballga loyiq oʻyin koʻrsatdi. Jamoada zaxira oʻrindigʻi tor. Shu haqda nima deya olasiz?
– Ha, bugun zaxiradan tushganlar oʻyinni kuchaytirishmadi. Zaxiradan tushganlar yosh boʻlganliklari uchun uncha oʻxshamadi.
– “Bunyodkor” haqida nima deya olasiz?
– Bunyodkor kuchli raqib. Bugun ularning legionerlari yaxshi oʻyin koʻrsata olishmadi.
– Ayrim pozitsiyalarda futbolchilarni oʻz joyida oʻynatmadiniz. Masalan, Azizbek Usmonov va Sherzod Fayziyevni…
– Ha, ularni boshqa joyda oʻynatishga qaror qildim. Umuman olganda, ular boshqa pozitsiyalarda ham oʻynay oladi. Bu tabiiy hol.
– 65-daqiqadan soʻng jamoa charchab qolgandek tuyuldi…
– Ha, bu sezildi. Masalan, zaxiradan tushganlar oʻyinni kuchsizlantirishdi.
– Lobjanidze va Gʻiyosov qachon safga qaytishadi?
– Ular hozirda jarohatlarini davolash bilan band. Tez orada ularni maydonda koʻrasiz.