Matnli translyatsiya

SUPERLIGA – 2024. MAVSUMNING ILK UCHRASHUVIDA «BUNYODKOR» JAMOASI ISHONCHLI TARZDA MAG’LUB ETILDI

Har ikki jamoa aʼzolari maydonga tushib kelishdi.

1-daqiqa. Oʻyin boshlandi!

2-daqiqa. Darhol fol va Frane Chiryak yordamga muhtoj.

Standartdan mezbonlar naf chiqara olishmadi.

4-daqiqa. Uxx! Fayzullobek Jumanqoʻziyev oʻta qulay vaziyatga chiqib bordi va toʻpni darvozabonning ustidan tashlab qoʻymoqchi edi… Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi va toʻp ustunning yonginasidan oʻtib ketdi.

6-daqiqa. ”Qizilqum» chap qanotdan oldinga oʻtishga urinmoqda.

14-daqiqa. ”Bunyodkor“ning navbatdagi hujumi omadsiz yakunlandi.

18-daqiqa. Shahzodbek Rahmatullayev maydon markazida Suhrob Izzatovga nisbatan fol ishlatdi.

21-daqiqa. Temurxoʻja Abduxoliqov yaxshi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

24-daqiqa. ”Qizilqum“ burchak zarbasini amalga oshirdi.

26-daqiqa. GOOOOOOOOL! Giorgi Kuhianidze bosh bilan zarba yoʻllab, hisobni ochdi. Oʻng qanotdan rivojlantirilgan hujum va Momchilo Rasoning pozitsion xatosidan keyin Giorgi Kuhianidze boshi bilan aniq zarba yoʻlladi.

30-daqiqa. ”Qizilqum“ aʼzosi oʻyindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.

33-daqiqa. GOOOOOOL! Uzatmadan keyin Lyubich toʻpni qaytardi, lekin u toʻgʻri Shahboz Joʻrabekovga borib tushdi, u esa ideal zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Juda chiroyli gol.

37-daqiqa. Chiryak jarimadan ajoyib zarba berdi, toʻp bir qarashda darvoza toʻriga ketayotgandek edi, biroq… Biroz noaniq.

45-daqiqa. Birinchi boʻlimning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qoʻshib berildi!

45+2-daqiqa. ”Qizilqum“ xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi, Marin Lyubich mushtlari bilan urib, toʻpni qaytarib yubordi.

45+4-daqiqa. GOOOOOOL! Samandar Shukurullayev hisobni yirik koʻrinishga keltirdi. Bu golda Marin Lyubich bor aybni oʻz boʻyniga olsa ham boʻlaveradi.

Boʻldi, hakam birinchi boʻlim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi — tanaffus!

46-daqiqa. Ikkinchi boʻlim boshlandi. ”Bunyodkor“ uchta oʻzgarishga qoʻl urdi.

47-daqiqa. ”Bunyodkor“ ketma-ket ikki marotaba oʻta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

53-daqiqa. Normurodov katta tezlikda ketayotgan Shulayani ochiqchasiga toʻxtatib qoldi. Hakam esa uni ayadi.

55-daqiqa. Davron Anvarovning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi rekoshet hosil qilib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

57-daqiqa. Qizilqum“da oʻzgarish: Diyor Rahmatullayev Shahzodbek Rahmatullayevni almashtirdi.

64-daqiqa. “Bunyodkor”da oʻzgarish: Amir Toʻraqulov Najmiddin Normurodovni almashtirdi.

67-daqiqa. Akmaljon Muzaffarov Fayzullobek Jumanqoʻziyevni almashtirdi.

70-daqiqa. “Qizilqum”da qulay vaziyat yuzaga keldi. Darvozaga yoʻllagan zarbani raqib posboni ushlab oldi.

74-daqiqa. “Qizilqum” burchak zarbasi amalga oshirdi. Vaziyatni mezbonlar bir amallab qaytarishdi.

77-daqiqa. Abduxoliqovning yaqin masofadan yoʻllagan zarbasi “Qizilqum” himoyachisiga tegib qaytdi.

78-daqiqa. GOOOOOOL! Temurxoʻja Abduxoliqov hisobni qisqartirdi!

81-daqiqa. Ismonaliyev raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam bunga eʼtibor qaratmadi.

82-daqiqa. “Qizilqum” tarkibida ikki oʻzgarish sodir boʻldi.

84-daqiqa. Roberts Ozols raqib zarbasini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

86-daqiqa. “Qizilqum” bosh murabbiyi Jamshid Saidov hakamga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

89-daqiqa. Abduxoliqovning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

90-daqiqa. Ikkinchi boʻlimga 3 daqiqa qoʻshib berildi.

Related Articles

Back to top button