YANGI MAVSUM

«Bunyodkor» ga qarshi uchrashuvni Rustam Lutfullin boshqarib boradi. VAR da esa Ilgiz Tantashev ishlaydi

2-mart kuni Superliga yangi mavsum 1-tur doirasida «Qizilqum» Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi. PFL mazkur bahsda ishlaydigan rasmiylarni e’lon qildi. Unga ko’ra uchrashuvni Toshkentlik hakam Rustam Lutfullin boshchiligidagi brigada boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo’ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinovlar yordam berishadi. Zahira hakami sifatida esa Jaloliddin Husnitdinov ishlaydi. VAR da tajribali FIFA hakami Ilgiz Tantashev faoliyat olib borsa, Timur Gaynulin unga yordam beradi.

SUPERLIGA – 2024

1-TUR

«BUNYODKOR» STADIONI

«Bunyodkor» VS «Qizilqum» 

Bosh hakam: Rutam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo’ja Shavkatov, Ruslan Serazitdinov

Zahira hakami: Jaloliddin Husnitdinov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR: Timur Gaynulin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

PFL komissari: Shohrux Said

Back to top button