«Qizilqum» jamoasi matbuot xizmati rahbari va xodimlari PFL seminarida qatnashishdi

Yangi mavsum oldidan Oʻzbekiston professional futbol ligasi klublarimizda faoliyat yuritayotgan soha egalari ishtirokida seminarlar oʻtkazilishi anʼanaga aylangan. Ularning orasida matbuot kotiblari bilan ham ana shunday seminarlar tashkil etib kelinadi. Bu yil ham yangi mavsum oldidan OʻzPFL Superliga hamda pro liga klublari matbuot kotiblari ishtirokida yangi mavsum boshlanishi oldidan seminar uyushtirildi. Unda 2023-yil sarhisobi va 2024-yilda belgilab qoʻyilgan yangi maqsad hamda vazifalar tanishtirildi.
Seminarni OʻzPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Shaxzod Xolboyev, klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Zohirjon Akramxonov hamda media boʻlimi mutaxassisi – Sherzod Rajabov olib bordilar.
Mazkur seminarda “Qizilqum” klubi matbuot kotibi Aziz Nurov va fotosuratchi Meylixolov Shoxrux hamda klub sayt admini Shaxboz G’ulomovlar ishtirok etishdi. Albatta, seminar mobaynida jamoamizning mediasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirof etildi.