Tug'ilgan kun muborak
Bugun «Qizilqum» jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov o’zining tavallud ayyomini nishonlamoqda

Fursatdan foydalanib Jamshid akaga bugungi qutlug’ kun bilan PFK «Qizilqum» rahbariyati va barcha xodimlari qolaversa u kishining shogirdlari chin yurakdan tabriklab qoladi. Umringiz uzoq bo’lsin. Hamisha yuzingizdan tabbassum arimasin. Ishlaringizda doimo omad va g’alabalar sizni aslo tark etmasin. Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.