YANGILIK
«Qizilqum» Turkiyaga jo’nab ketdi

Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida «Qizilqum» jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’inini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.
Ikki hafta (1-14 fevral) davomida Antaliya shahrida bo’lajak mavsumga tayyorgarlik ko’radigan «Qizilqum» yig’in doirasida beshta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.