YANGILIK

Fayzullo Jumanqo’ziyev — «Qizilqum» futbolchisi!

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko’rayotgan vakillarimiz navbatdagi transferni amalga oshirdi. Faoliyati davomida «Buxoro», «Istiqlol» va «Turon» jamoalarida to’p tepgan yarim himoyachi Fayzullo Jumanqo’ziyev bo’lajak mavsumda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi.

Futbolchi klub bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. Fayzulloga klubimizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Fayzullo xush kelibsan «Qizilqum» ga!

Related Articles

Back to top button