YANGILIK
Humoyunshox Sayyotov — «Qizilqum» futbolchisi!

Faoliyati davomida «Metallurg», «Turon» jamoalarida to’p tepgan, «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Toshkentda o’tkazilgan U-20 Osiyo chempionati g’olibi, yosh va umidli darvozabon Humoyunshox Sayyotov yangi mavsumda «Qizilqum» sharafini himoya qiladi. Yangi posbon bilan klub rahbariyati 1 yillik shartnoma tuzdi.
Humoyunshox Sayyotov haqida qisqacha ma’lumot:
Tug’ilgan kuni: 08.02.2003
Tug’ilgan joyi: Buxoro
Ampluasi: Darvozabon
To’p tepgan jamoalari: «Nasaf», «Metallurg», «Turon»
«Qizilqum» ga xush kelibsan Humoyunshox!