YANGILIK
«Qizilqum» jamoasining logotipi o’zgardi

«Qizilqum» klubi rahbariyati yangi mavsumdan boshlab jamoamiz logotipini o’zgartirishga qaror qildi.
Yangicha dizaynda ishlab chiqilgan logotipda klub asosiy homiysi Navoiy kon metallurgiya kombinati brendi qolaversa «oltin izlovchilar» uchun tillo rangdagi futbol to’pi hamda jamoamiz tashkil topgan yil ya’ni 1967 yozuvi tushirilgan.
Bundan buyon “Qizilqum” jamoasiga tegishli barcha rasmiy hujjatlarda, jamoa liboslarida, tijorat-reklama ishlarida yangi logotipdan foydalaniladi.