Tug'ilgan kun muborak
Yuriy Lukinni tabriklaymiz!

Bugun «Qizilqum» ayollar jamoasi bosh murabbiyi, Navoiy futboli jonkuyari va tajribali mutaxassis, qolaversa bir necha yil «Qizilqum» asosiy jamoasida bosh murabbiy bo’lib ishlagan fidoiy inson Yuriy Pavlovich Lukinning tavallud topgan kuni. Fursatdan foydalanib «Qizilqum» PFK ahil jamoasi kun qaxramonini chin yurakdan muborakbod etadi. Umringiz uzoq bo’lsin. Kasbiy faoliyatingizda hamisha omad va zafarlar sizni aslo tark etmasin. Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin.