YANGILIK
«Lokomotiv» bilan o’rtoqlik uchrashuvida durang

Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlik ko’rayotgan «konchilar» bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi. Bu galgi raqib Toshkentning «Lokomotiv» (U-21) jamoasi bo’ldi. Asosan ko’rikdagi futbolchilar tushirilgan o’yinda vakillarimiz 2:2 hisobda durang qayd etishdi. Jamoamizning har ikki goliga Akmaljon Muzaffarov mualliflik qildi.