“Qizilqum” tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko’rayotgan futbolchilarimiz o’quv-mashg’ulot yig’inining ikkinchi qismini poytaxtimiz Toshkentda davom ettirishadi.
Yanvar oyining oxiriga qadar davom etadigan yig’inda futbolchilarimiz to’rtta nazorat uchrashuvida maydonga chiqishadi.
Bugun yig’in doirasida “Qizilqum” jamoasi “Olmpik-farm” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o’tkazishdi. Qiziqarli kechgan bahsda tomonlar murosa ko’chasini tanlashdi – 1:1.
Nazorat uchrashuvi
«Do’rmon» stadioni
«Qizilqum» 1:1 «Olimpik-Farm»
«Qizilqum»: 22. Humoyunshox Sayyotov (ko’rikda), 13. Jamoliddin Ubaydullayev, 75. Nikolay Tarasov, 21. Samandar Shukrullayev, 88. Shahboz Jo’rabekov, 36. Azizbek Usmonov (s), 15. Davron Anvarov, 8. Giorgi Kuxianidze, 34. Akaki Shulaya, 99. Diyorbek Raxmatilloyev, 37. Akmaljon Muzaffarov.
Zahiradan maydonga tushganlar: 1. Sarvar Mirzayev (ko’rikda), 77. Ilhomjon Vahobov, 40. Abduxoliq Tursunov, 32. Mirasror Mirabrorov (ko’rikda), 24. Bobomurod Bozorov, 30. Asadbek Asadov, 55. Fayzullo Jo’manqo’ziyev (ko’rikda), 20. Usmon Ikromov (ko’rikda) , 31. Ruslan Veklich (ko’rikda).