YANGILIK

Robert Ozols —“Qizilqum” futbolchisi

Robert Ozols 1995-yilning 10-sentabr kunida Latviyaning Kuldiga shahrida tugʻilgan. Faoliyati davomida Latviyaning “Metallurgs”, “Spartak”, “Daugava Riga”, “Riga” hamda “Auda” klublarida toʻp tepgan darvozabon yangi mavsumni navoiyliklar safida boshlaydi.

Tajribali darvozabon soʻnggi mavsumda “Auda” tarkibida 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Qolaversa u Latviya terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

“Qizilqum” jamoasining yangi darvozaboniga boʻlajak mavsumdagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Related Articles

Back to top button