
“Qizilqum” dan navbatdagi transfer, ikki marotaba Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi, faoliyati davomida Toshkentning “Lokomotiv”, Bekobodning “Metallurg”, Olmaliqning OKMK, Muborakning “Mashʼal” hamda Malayziyaning “Shri Poxang” jamoalarida toʻp tepgan tajribali himoyachi Sherzod Fayziyev endilikda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi. Futbolchi bilan klub rahbariyati bir yillik bitim imzoladi.
Sherzodga ushbu vaqt mobaynida jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarli onlarni tilab qolamiz!
“Konchilar” safiga xush kelibsan Sherzod!