YANGILIK
“Qizilqum” yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi

Xabaringiz bor, 22-dekabrdan Jamshid Saidov boshchiligidagi jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan edi. Kecha vakillarimiz oʻzaro ikkiga boʻlingan holda nazorat uchrashuvini oʻtkazib, mashgʻulotlarni yakunlashdi.
Jamoamiz vakillari qisqa tanaffusdan soʻng 4-yanvar kunidan yana Navoiyda yigʻilishadi va tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini 17-yanvar kunigacha viloyat markazida olib boradi.
Futbolchilarimiz 17-31-yanvar kunlari oʻquv mashgʻulot yigʻinini poytaxtimiz Toshkentda davom ettirishadi.