YANGILIK
“Qizilqum” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi

Qisqa tanaffusdan keyin Jamshid Saidov shogirdlari Navoiydagi oʻz qarorgoxida yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi. Birinchi kunda jamoamiz aʼzolari asosan tiklanish mashqlarini bajarishdi. Qolaversa ushbu oʻquv yigʻin mashgʻulotlarida koʻplab navoiylik iqtidor egalari ham murabbiylar koʻrigidan oʻtmoqda.
Jamoamizdagi oʻzgarishlar haqida keyinroq maʼlumot beramiz.