YANGILIK
“Qizilqum” PFKda yil yakunlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Bugun jamoamiz rahbariyati tomonidan ortda qolgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, asosiy, ayollar jamoalarimizdan tortib barcha yosh toifasidagi jamoalarimizning erishgan natijalari sarhisob qilindi.
Yigʻilishni “Qizilqum” PFK bosh direktori A.Ergashev olib bordi.
Yigʻilish davomida ortda qolgan mavsumda yoʻlga qoʻyilgan kamchiliklar tilga olindi hamda ushbu kamchiliklarni keyingi mavsumda takrorlamaslik lozimligi takidlandi.
Shuningdek yigʻilishda hodimlarning talab va takliflari eshitilib, jamoaning keyingi yilga maqsad hamda rejalari muhokama qilindi.