YANGILIK
Gʻiyosjon Rizaqulov va Murodali Usmonovlar Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi bilan Yaponiyaga joʻnab ketdi

Farxod Nishonov boshchiligidagi U-18 terma jamoamiz Yaponiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun joʻnab ketdi. Oʻsmirlarimiz turnirda “Ibaraka” U-22, “Kanto University” U-20 va Yaponiya U-18 terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu terma jamoamiz tarkibida musobaqada «Qizilqum U-21” futbolchilari Murodali Usmonov hamda Gʻiyosjon Rizaqulovlar ham ishtirok etishadi.