SEMINARYANGILIK

“Qizilqum” klubi rahbariyati Turkiyada xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

“Qizilqum” futbol klubi bosh direktori Amin Ergashev va jamoamiz maʼmuri Sherzod Toshevlar Turkiya Superligasi va PRO ligasi jamoalari vakillari bilan hamkorlikda boʻlib oʻtayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun 3 ta asosiy mavzuda: “Futbolchilar seleksiyasi hamda futbol agentlari bilan ishlash”, “Futbol uchrashuvlarini tashkil etish va muxlislar bilan ishlash”, “Marketing va chiptalar savdosi” boʻyicha seminar boʻlib oʻtadi. Bunda futbol klublarining 2024-yilgi mavsumga tayyorgarlik koʻrishi va aniq rejalar ishlab chiqishiga koʻmaklashish koʻzda tutilgan.

Seminar davomida Fenerbahche klubining rahbarlik organlarida faoliyat olib borayotgan Oʻkan Oʻzkan, Tezjan Shayli, Egemen Ergyuden, Galatasaray vakillari Murat Ersoy, Jenk Ergun, Nachi Jansun, shuningdek, Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chagʻri Ilk oʻz maʼruza va taqdimotlari bilan ishtirok etadi. Oʻzbekistonlik mutaxassislar oʻz klubi faoliyati bilan solishtirish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun Fenerbahche hamda Galatasaray klublari tuzilmasi bilan toʻliq tanishtiriladi, ularga mazkur klublar infratuzilmasi, ish faoliyati toʻliq koʻrsatiladi.

Seminar davomida Turkiya klublari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Qolaversa Oʻzbekistonlik mutaxassislar Turkiya Superligasining 15-turidan oʻrin olgan “Galatasaroy” va “Adana Demirspor” hamda “Beshiktosh” va “Fenerbaxche” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarga ham tashrif buyurishadi.

Related Articles

Back to top button