BOSH MURABBIY JAMSHID SAIDOV

Coca Cola Superliganing 25-turi doirasidagi “Neftchi” maydonidagi magʻlubiyatdan “Qizilqum” bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirdi.

– Birgina qoʻpol xato va barchasi hal boʻldi. Oʻyindan mamnunman, barcha bor kuchi bilan harakat qildi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. “Neftchi”ni gʻalaba bilan tabriklayman. Oʻzimizda esa navbatdagi oʻyinlarda omad. Yigitlar borlarini berishlari kerak. Oldimizda maqsad bor, shuni bajarishga majburmiz. Qattiq harakat qilib, vaziyatni oʻnglashga harakat qilamiz.

– Inobatga olinmagan gol haqida.

– Oʻzim oʻsha vaziyatni koʻrmadim. Takroriy lavhada esa toʻp qoʻlga tekkanini koʻrdim. Gol, offsayd, hakamlar qaror chiqardi. Barchasini koʻrib, taxlil qilib chiqamiz. Tarasov gol urgan vaqtda undan oldinda “Neftchi” futbolchisi bordek koʻrindi. Shu sababli bu vaziyatga eʼtibor qaratmayman. Penalti vaziyatida esa toʻp qoʻlga tekkandek koʻrindi. Hakamlar ishlashdi, ular qaror chiqarishdi. Ularni muhokama qilishni istamayman.

– “Soʻgʻdiyona” Qarshida durang qayd etdi. “Qizilqum”ni oʻtish oʻyiniga olib bormaslik uchun qanday rejalar bor edi?

– Bugun gʻalaba qozonib, oʻtish oʻyinida qatnashmaslik haqida oʻylagandik. Barchasiga nazariy jihatdan qaragandik va “Nasaf” oʻz maydonida gʻalaba qozonishini kutgandik. Oʻz navbatida biz bugun va kelasi turda “Turon”ni yutishni reja qilgandik. Bugun “Bunyodkor”ga yutqazgan “Metallurg” soʻnggi turda “Olimpik”ni qabul qiladi. Ammo biz oʻz vazifamizni bajara olmadik.

– Kelasi mavsum Superligada 16 jamoa ishtirok etishi borasida gap-soʻzlar tarqaldi. Shunday boʻlsa, Pro-liganing darajasi tushib ketmaydimi?

– Pro-ligada ham yaxshi jamoalar bor. Menimcha, u yerda qancha kam va sifati jamoalar boʻlsa, shuncha yaxshiroq. Superligada 16 jamoa qilinsa, futbolchilar ham koʻproq boʻladi va tanlov imkoniyati ham oshadi. Menimcha bu holat Pro-ligaga taʼsir qilmaydi. U yerda oʻyinlar sonini koʻpaytirib, yanada qiziqarliroq qilishadi.

Related Articles

Back to top button