Matnli translyatsiya

Uchrashuv yakunlandi. “Qizilqum” “Neftchi”ga mag’lub bo’ldi va rasman Superliga o’tish oʻyinida “Qoʻqon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi

«Qizilqum» jamoasi vodiyda «Neftchi» ga mag’lub bo’ldi va o’tish o’yinida qatnashadigan bo’ldi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!

9.Akakining kuchli zarbasi mezbonlar himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Uchrashuvdagi ilk zarba.

10.Vahobovning boshi bilan yoʻllagan zarbasi ancha noaniq ketmoqda.

11.Kenjaboyevning uzoqdan yoʻllagan zarbasi ham ancha noaniq ketmoqda. Hozircha ustunlik mehmonlarda.

16.GOOOL. Nikabadzedan super gol va hisob ochilmoqda.

20.Akakining jarimadan yoʻllagan zarbasi ancha noaniq ketmoqda.

24.Davron Anvarovning zarbasi noaniq ketmoqda. Hozircha navoiyliklarning barcha zarbasi noaniq boʻlmoqda.

32.Toshmirzayev faol xarakat qilib raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba berdi.

35.Ogohlantirish : Ubaydullayev hakam tomonidan ogohlantirildi.

38.Ogohlantirish: Vahobov hakam tomonidan ogohlantirildi.

39.Qanotdan uzatilgan uzatmaga Mirzohid Gʻofurov zarba berdi va bu yerda Dilshod Yoʻldoshev yaxshi harakat qilib, toʻpni bartaraf etdi.

Hakam birinchi boʻlimga toʻrt daqiqa qoʻshib berdi.

Birinchi boʻlim yakunlandi.

Ikkinchi boʻlim boshlandi.

51.Turopovning boshi bilan yoʻllagan zarbasi toʻsinga tegmoqda. Mezbonlar hisobni oshirishlari mumkin edi…

56.Oʻzgarish: Xoshimov Gʻofurovni alishtirmoqda.

59.Ogohlantirish: Kenjaboyev hakam bilan talashib ketdi va ogohlantirildi.

60.Hakam VARni eshitmoqda. Toʻp mezbonlar jarima maydonchasining ichida Adhamzodaning qoʻliga tekkan boʻlishi mumkin.

65.Deyarli besh daqiqalish tekshiruvlardan soʻng Toʻxtasinov penalti belgilamadi.

65.Gʻulomovning zarbasini Yoʻldoshev qaytarmoqda.

67.Nikabadzening zarbasiga aniqlik yetishmadi.

70.Rahmatov va Anvarov maydoni tark etdi, ularning oʻrniga Rahmatullayev va Giorgi Kuxinadze tushdi.

77.Mannonov oʻrniga Usmonov maydonga tushdi.

77.Tarasov hisobni tenglashtirmoqda, biroq yon hakam bayroqchasini koʻtarmoqda.

81.Joʻraboyev Gʻofurovni alishtirmoqda.

85.AKAKI Shulayaning chamasi 30 metrdan yoʻllagan jarima zarbasi ustunga tegmoqda.

87.Toshmirzayevning zarbasini mehmonlar darvozaboni bartaraf etmoqda.

89.Valiyev, Arabuli maydonga tushdi, ular Nikabadze va Turopovni alishtiridi.

Hakam ikkinchi boʻlimga yetti daqiqa qoʻshib berdi.

90+4.Nazarov ogohlantirildi.

90+5.Kuxianidzening uzoq masofadan yoʻllagan kuchli va aniq zarbasini Neftchi posboni egallab oldi.

90+6.Endi navbat Tarasovga. Toʻxtasinov mehmonlar sardorini ogohlantirdi.

Related Articles

Back to top button