YANGILIK
“Qizilqum” jamoasi nurotalik yoshlar bilan uchrashdi

Bugun Jamshid Saidov boshchiligidagi jamoamiz murabbiylar shtabi va futbolchilar viloyatimizning olis tumani Nurotaga tashrif buyurib, yosh sportchilari bilan uchrashuv oʻtkazishdi. Tadbir davomida yosh sportchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, futbolchilarimiz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Shu kuni “Qizilqum” klubi vakillari Nurota tumanida joylashgan tarixiy-meʼmoriy “Chashma” majmuasini ziyorat qilishdi.