YANGILIKYOSHLAR

«Qizilqum» futbolchilari Jahon chempionatida ishtirok etishadi

Indoneziyada o’smirlar o’rtasida U-17 jahon chempionatiga start berilmoqda. Ushbu musobaqada O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashvini bugun soat 14:00 da Mali termasiga qarshi o’tkazishadi.

U-17 jahon chempionatida «Qizilqum» jamoasi futbolchilari Jahongir Mamatqulov va Ozodbek Ergashevlar terma jamoamiz sharafini himoya qilmoqda.

Ushbu ikki futbolchimiz Navoiy viloyati futbol akademiyasining Nurbek Usmonov boshchiligidagi U-17 jamoasi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Ayni vaqtda ancha yosh bo’lishiga qaramasdan ushbu ikki futbolchi Akmal Rustamov boshchiligidagi U-21 jamoamiz safida milliy chempionatlarimizda  muntazam ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

U-17 terma jamoamizga ushbu uchrashuvda hamda musobaqada omad yor bo’lsin!

Related Articles

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back to top button