NAVBATDAGI UCHRASHUV

«Qizilqum» va «Andijon» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi.

1.O’YIN BOSHLANDI!

2.Bahsdagi ilk burchak to’pi mezbonlarda. Kuxianidze uzatgan to’pni himoyachilar qaytarishdi.

6.Xavfli vaziyat. Muhammadali G’iyosov hujumga o’tdi, ammo to’pni o’ziga buysundirishda xatoga yo’l qo’ydi.

9.UXXX! Diyor Rahmatullayevning qulay vaziyatdan yo’llagan zarbasi noaniq ketdi.

11.GOL! Akaki Shulaya penaltidan gol urdi – 1:0!

26.Xavfli vaziyat. Igor Litovka xavfli zarbadan keyin to’pni qaytardi!

32.UXX! Armin Boshnyakdan xavfli zarba. Ammo biroz noaniq ketdi.

35.GOL! Muhammadali G’iyosov jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, to’p yerlab Litovka qo’riqlayotgan darvozaning uzoq pastki burchagiga kirib ketdi – 2:0.

45.Birinchi taymga 3 daqiqa qo’shildi.

45+3.Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0.

46.Ikkinchi taym boshlandi.

55.O’zgarishlar. «Andijon». Levan Arveladze, Vladimir Bubanya va Ilhom Abdug’aniyev o’rniga Shahboz Erkinov, Dilshod Komilov va Suhrob Berdiyev tushishdi.

59.»Andijon»dan tezkor hujum. Ammo Armin Boshnyakning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

67.ZARBA! Suhrob Berdiyevning uzoqdan yo’llagan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

69.Vahobov bosh bilan yo’llagan zarbani darvozabon biroz qiyinchilik bilan bo’lsa ham egallab oldi…

70.GOL! Muhammadali G’iyosovning zarbasidan keyin to’p rikoshet hosil qilib darvozadan joy oldi – 3:0.

77.O’zgarish. «Andijon». Rubin Xebay o’rniga Bobur Farhodov tushdi.

86.O’zgarish. «Qizilqum». Giorgi Kuxianidze o’rniga Sherali Jo’rayev.

90.Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo’shib berildi.

90+1.O’zgarishlar. «Qizilqum». G’iyosov va Rahmatilloyev o’rniga Abdualimov va Toshpo’latov tushdi.

90+4. O’yin tugadi. «Qizilqum» – «Andijon» 3:0.

Related Articles

Check Also
Close
Back to top button