PREVYU

“Qizilqum” VS “Andijon” – prevyu

“Qizilqum” navbatdagi uchrashuvni ertaga Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida oʻtkazadi. Raqib —  “Andijon” jamoasi boʻladi.

Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda oʻzaro 37 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 17 tasida vakillarimizning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana 14 ta oʻyinda vodiy jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 6 uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlagan. Toʻplar nisbati esa 56-49. Vakillarimiz foydasiga.

“Qizilqum” jamoasining oʻzaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik gʻalabasi 2 2 yilda qoʻlga kiritilgan boʻlib, oʻshanda “konchilar” raqibni 6:2 hisobida magʻlub etishgan.

“Qizilqum” va “Andijon” jamoalarining soʻnggi 5 uchrashuv natijalari:

1.“Andijon” 2:0 “Qizilqum”

2. “Andijon” 1:1 “Qizilqum”

3. “Qizilqum” 1:0 “Andijon”

4. “Andijon” 0:0 “Qizilqum”

5. “Qizilqum” 1:1 “Andijon”

Related Articles

Back to top button