Matnli translyatsiya

«Olympic» jamoasi bilan Toshkentda durang o’ynadik

5.Mezbonlarda yaxshi imkoniyat bo’ldi. Begimovning qanotdan uzatgan to’pini Ilyosov bartaraf etdi.

8.Penalti. Kenjaboyevni Abdunabiyev yiqitdi, biroq VAR aralashsa kerak.

10.Shukurullayev VARga keldi va barchasini o’z ko’zi bilan ko’rmoqda. Hakam bir daqiqadan ortiq qayta ko’rishlardan so’ng penalti yo’q deb to’pdi.

13.Ogohlantirish: Abdurauf Bo’riyev maydon markazidagi qo’poligi uchun ogohlantirildi.

14.Qizig’a hakam yana VARga qaramoqda. Endi Bo’riyevga qizil berilishi mumkin. Bugungi hakamlarga nimalar bo’lmoqda…

15.Qizil kartochka. Misha sariq «atmen». Bo’riyev qizil olmoqda. Timur aka Kapadze esa bo’layotgan holatdan shokda.

18.Ogohlantirish: Kenjaboyev ham ogohlantirildi va yana katta ehtimol bilan hakam VARga qaraydi.

24.Alisher Odilovning zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

31.Mehmonlar maydon o’rtasida qo’pol xatoga yo’l qo’ldi va toshkentliklar tezkor qarshi hujumga o’tib ketdi. Jo’raqo’ziyevning boshi bilan yo’llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

38.Mehmonlarda uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat. Akakining boshi bilan yo’llagan ajoyib zarbasini Abdunabiyev qiyinchilik bilan qaytarmoqda.

Hakam birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berdi.

45+2.Rahmatovning zarbasini Abdunabiyev bartaraf etmoqda.

Birinchi bo’lim yakunlandi.

Ikkinchi bo’lim boshlandi.

46.O’zgarishlar: Mamasidiqov va Axrorov maydonga tushdi, ular Mirsaidov va Ibragimovni o’rniga maydonga tushdi.

47.Ikkinchi bo’lim qiziqarli boshlanmoqda. Akakining kuchli zarbasiga Zevadinov qalqon bo’ldi.

49.Kenjaboyevning uzoqdan yo’llagan kuchli va aniq zarbasini Hamidullo bartaraf etmoqda.

51.Mamasidiqovdan ajoyib uzatma, biroq Muxtorovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

52.Hozircha uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi Abdunabiyev. Akakining uzoqdan yo’llagan kuchli zarbasini posbon bartaraf etmoqda.

60.Akakining jarimdan yo’llagan zarbasi Jaloliddinovga tegib, burchakka chiqib ketdi.

61.O’zgarish: Jo’rayev va Rahmatovning o’rniga Vahobov va Sanoyev maydonga tushdi.

62.Jo’raqo’ziyevning yaxshi uzatmasini Muxtorov noaniq zarba yo’lladi.

63.Ogohlantirish: Vahobov hakam tomonidan ogohlantirildi.

66.Navbatdagi ajoyib imkoniyat. G’iyosovning zarbasini Abdunabiyev qaytardi. Qaytgan to’pni esa Vahobov osmonga tepmoqda.

70.Tarasovning uzoqdan yo’llagan kuchli zarbasini yana o’sha Abdunabiyev qaytarmoqda.

72.Ogohlantirish: Akaki simulyasiya uchun ogohlantirildi.

75.O’zgarish: Muxtorov va Jaloliddinov maydoni tark etdi, uning o’rniga Esanov va Abdixaliqov maydonga tushdi.

77.Chetlatish: Akaki hakam tomonidan qizil kartochka bilan «siylandi».

83.O’zgarish: Jo’raqo’ziyevning o’rniga Jo’raboyev maydonga tushdi.

85.O’zgarish: G’iyosov va Usmonov maydoni tark etdi, ularning o’nga Mannonov Va Diyor Rahmatilloyev maydonga tushdi.

Hakam ikkinchi bo’limga to’rt daqiqa qo’shib berdi.

90+4.Sanoyevning zarbasini himoyachi qaytamoqda. Mehmonlarda burchak zarbasi.

Uchrashuv yakunlandi.

Related Articles

Back to top button