PREVYU
“Olimpik” VS “Qizilqum” : prevyu

“Qizilqum” klubi ertaga Superligada navbatdagi 23-tur uchrashuvini Toshkentda “Olimpik” ga qarshi oʻtkazadi. ✅
Mazkur qarama qarshilikning oʻzaro statistikasiga nazar solsak, ushbu jamoalar milliy chempionatlarda faqatgina uch marotaba toʻqnash kelishgan. Yaʼni oʻtgan mavsumdagi ikki uchrashuv va birinchi davradagi oʻyin. Ularning 2 tasida “konchilar” zafar quchishgan boʻlsa, yana bir bahsda poytaxtliklar gʻalaba qozonishgan. Toʻplar nisbati esa 3-2 bizning foydamizga.
“Olimpik” va “Qizilqum” jamoalarining oʻzaro uchrashuvlari:
1.“Qizilqum” 0:1 “Olimpik”
2.“Qizilqum” 2:1 “Olimpik”
3.“Olimpik” 0:1 “Qizilqum”