BOSH MURABBIY JAMSHID SAIDOV

Coca Cola Superligasi 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” – OKMK uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Birinchi boʻlimda shogirdlarim yaxshi oʻyin namoyish etishib, ustunlik qilishdi. Ikkinchi boʻlim boshida esa oʻz zararimizga penalti ishlab oldik. Amaliy jihatdan juda oddiy vaziyatda xato qildik.

Vaziyatlar yuzaga keltirdik, ammo foydalana olmadik. Oʻylashimcha, yigitlar yaxshi taassurot qoldirdi, penalti ishladi.

Biz uchun har bir ochko oltinga teng. Afsuski, futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan gap bor.

Shogirdlarim harakat qilishdi, ular gʻalaba qozonishni xohlagandi. Ammo kim koʻp xato qilsa, oʻsha yutqazadi.

OKMKni gʻalaba bilan tabriklayman. Ularda malakali jamoa shakllangan, saralangan futbolchilar jamlangan. Raqibimiz bejizga 5-oʻrinda emas.

Iqtidorli futbolchilar oʻz mahoratini koʻrsata olishdi. Bizda hali imkoniyat bor. Oldinda 4 ta oʻyin boʻlsa, maksimal darajada kurashamiz.

Bizni shunday yomgʻirli sovuq havoda qoʻllab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun ularning ishonchini oqlay olmadik. Xatolarni koʻrib chiqamiz, tahlil qilamiz va keyingi oʻyinlarga tayyorgarlik koʻramiz”

Related Articles

Back to top button