Jamshid Saidov: «Futbolchilarimga rahmat”

Coca Cola Superligasi 20-turidan o’rin olgan «Qizilqum» – «So’g’diyona» (4:2) uchrashuvidan so’ng jamoamiz ustozi Jamshid SAIDOV bellashuv haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
-O’yin haqida gapiradigan bo’lsam, albatta tomoshabop uchrashuv guvohiga aylandik, ko’plab gollar kiritildi. Yigitlar oldilariga qo’yilgan vazifani to’liq uddalashdi. Ularga rahmat deyman. Xursandmiz. Bizni qo’llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ishlashda davom etamiz. Bizni oldinda yanada murakkab uchrashuvlar kutmoqda.
– Jo’rabek Mannonov bilan bog’liq tarkibdagi o’zgarish haqida nima deya olasiz?
– Mannonovda jarohat bor edi. Endi tiklanish jarayonini o’tkazmoqda. Tavakkal qila olmasdik. O’ylaymanki, o’yindan-o’yinshga sport formasini yaxshilab boradi. Ko’rib turibsiz qiyin o’yinlar, shu bilan birga jarohatlar ham bo’lyapti. Umuman olganda bugungi natijadan qoniqdim.