Matnli translyatsiya

«Qizilqum» va «So’g’diyona» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli tranlyatsiya

Uchrashuv boshlandi.

5.»Qizilqum»dan yaxshi tashkil qilingan hujum. Mitrovich to’pga o’z vaqtida chiqib keldi.

6.»So’g’diyona» chap qanotda jarima maydonchasiga yaqin xududda jarima zarbasini ishladi. Uzatma samarasiz bo’ldi.

12.So’nggi daqiqalarda ustunlik nisbatan maydon egalariga o’tdi.

15.»So’g’diyona»ning qarshi hujumini Aziz Usmonov to’sqinlik qilib to’xtatdi.

19.GOL. «Qizilqum» uchrashuvda hisobni ochdi. Ifeani Ifeaniy navoiyliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Chiroyli gol. Lekin VAR degan narsa borligini ham unutmaslik lozim.

20.Barchasi joyida. O’yin davom etadi. «Qizilqum» hisobda oldinda.

25.Qahramonovdan uzatma. Mavlonqulov hujumga nuqta qo’ya olmadi.

34.GOL. «So’g’diyona» hisobni tenglashtirdi. Alisher Salimov jarimadan to’pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. Iliyosov to’pni qaytardi. Qaytgan to’pni Doriyev Isichga uzatdi. Bo’sh qolgan darvozani Tarik Isich osonlikcha ishg’ol qildi.

36.VAR bu golni ham tekshiradi. Aeraportda chegara xizmati har bir yukni tekshirgandek. Ko’ramiz, Asimov qanday qaror qabul qilar ekan.

36.Bosh hakam o’zi monitor oldiga keldi. Asimov kel, o’zing ko’r dedi.

38.Gol inobatga olindi.

41.GOL. «Qizilqum» hisobda oldinga chiqib oldi. To’p jarima maydonchasiga uzatib berildi. To’p Isichdan qaytdi. Qaytgan to’pni Ifeani aniq zarba bilan golga aylantirdi.

45.Birinchi bo’limga 6 daqiqa qo’shib berildi.

Ikkinchi bo’lim boshlandi.

46.O’ZGARISh. «So’g’diyona», Ulug’bek Kenjayev o’rniga Abdulloh Omonaliyev, Muhammadsafo Fozilov o’rniga Jasur Hasanov, Muhammad Yo’ldoshev o’rniga Stanislav Andreyev tushdi.

51.GOL. «So’g’diyona» muvozanatni tikladi. Alisher Salimovning uzatmasini Javohir Qahramonov golga aylantirdi.

55.GOL. Bu nimasi? Bugun gollar shousi ko’ramiz shekilli. «Qizilqum» futbolchisi Muhammadali G’iyosov jarima maydonchasi ichida birin ketin aldadi. To’pni Kuxianidezga uzatdi va o’zi qabul qilib gol urdi.

60.OGOHLANTIRISh. Alisher Salimov, «So’g’diyona»

67.ZARBA. Hasanovdan xavfli uzatma. Mavlonqulovning zarbasi noaniq ketdi.

69.O’ZGARISH. «Qizilqum», Sherali Jo’rayev o’rniga Jo’rabek Mannonov tushdi.

79.O’ZGARISH. «So’g’diyona», Mirjalol Abdumutalov o’rniga Ollabergan Karimov tushdi.

85.GOL. Islom Kenjaboyev bir o’zi «So’g’diyona» himoyasiga kirib borib Mitrovich turgan darvozani ishg’ol qildi. Tezkor Kenjaboyev amalda o’yin taqdirini hal qildi.

90.O’ZGARISH. «Qizilqum», Islom Kenjaboyev o’rniga Davron Anvarov, Giorgi Kuxianidze o’rniga Samandar Shukurullayev.

Uchrashuv yakunlandi.

Related Articles

Back to top button