«Qizilqum» VS «So’g’diyona»- prevyu

«Qizilqum» jamoasi ertaga superliga 20-tur uchrashuvini Jizzaxning «So’g’diyona» jamoasiga qarshi o’tkazadi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda o’zaro 41 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 18 tasida vakillarimizning qo’li baland kelgan bo’lsa, yana 10 ta o’yinda ⚪️ «So’g’diyona» jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 13 uchrashuvda jamoalar murosa ko’chasini tanlagan. To’plar nisbati esa 55-39. Vakillarimiz foydasiga.
«Qizilqum» jamoasining o’zaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik g’alabasi 2015 yilda qo’lga kiritilgan bo’lib, o’shanda «konchilar» raqibni 4:1 hisobida mag’lub etishgan.
«Qizilqum» va «So’g’diyona» jamoalarining so’nggi 5 uchrashuv natijalari:
1.»So’g’diyona» 1:0 «Qizilqum»
2.»Qizilqum» 2:1 «So’g’diyona»
3. «So’g’diyona» 0:3 «Qizilqum»
4. «So’g’diyona» 2:1 «Qizilqum»
5. «Qizilqum» 1:1 «So’g’diyona»