NAVBATDAGI UCHRASHUV

«Surxon» va «Qizilqum» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

1.Uchrashuv boshlandi.

4.Xavfli vaziyat! Nimeli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasini Ilyosov qaytardi.

8.Kuxianidze o’yindan tashqari holatda qolib ketdi.

9.Kenjaboyevning xavfli uzatmasini Sokol qaytardi.

15.G’iyosov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, ammo yana Sokol zarbaga imkon qoldirmay, xavfni bartaraf etdi.

18.Ikki 77-raqamli futbolchi to’qnashib ketdi. Keyingi vaziyatda mezbonlarning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

21.Kenjaboyevning zarbasi Toirovga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

24.Jumayevga tibbiy yordam ko’rsatildi.

29.Rahmatov uzoq masofadan o’z omadini sinab ko’rdi, biroz aniqlik yetishmadi.

31.Kenjaboyev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

32.Kuxianidzening zarbasini Potapov egallab oldi.

36.Mehmonlar yana bir qulay vaziyatdan foydalana olmadi. G’iyosov standartdan so’ng zarba berishga ulgurmadi.

37.Kenjaboyev o’ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

43.GOL! Akaki Shulaya Ifeanining uzatmasidan so’ng bosh bilan chiroyli zarba yo’llab, hisobni ochdi!

45.Birinchi bo’lim yakunlandi.

46.Ikkinchi bo’lim boshlandi. Mezbonlarda ikki o’zgarish yuz berdi.

48.»Surxon» hujumi muvaffaqiyatli yakunga yetmadi. Nimeli zarba berolmadi.

52.Mehmonlarning jarimadan yo’llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

58.Xavfli vaziyat! Kuxianidzening jarimadan uzatmasi raqib himoyachisiga tegib, «Surxon» darvozasidan o’rin olishiga bir bahya qoldi.

59.G’iyosov juda qulay vaziyatni ko’kka sovurdi.

62.GOL! Nimeli maydon markaziga yaqin nuqtada turgan Ramazonovning ajoyib uzatmasidan so’ng yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalandi!

68.Kenjaboyevning zarbasi kuchli chiqmagani uchun Potapov to’pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

69.Hamidjonovning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi.

71.»Qizilqum»da dahshatli ikki hujum sodir bo’ldi, afsuski, navoiyliklar bundan unumli foydalana olmadi.

72.GOL! Kenjaboyev katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda yaqin burchakni aniq nishonga oldi!

79.»Surxon» futbolchilarida ikkita vaziyat bo’ldi, ammo aniqlik yetishmadi.

81.G’iyosovning zarbasi ko’nigldagidek chiqmadi.

84.Ramazonovning olisdan yo’llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

90.Ikkinchi bo’limga 5 daqiqa qo’shib berildi.

90+5.Shulayaning ajoyib zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi, aks holda tur goliga guvoh bo’lardik.

Uchrashuv yakunlandi.

Related Articles

Back to top button