Matnli translyatsiya

«Qizilqum» va «Paxtakor» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

1.O’YIN BOSHLANDI!

10.Dastlabki 10 daqiqada darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yaratilgani yo’q.

14.GOL! DIYoR XOLMATOV! Chap qanotdan Sayfiyev uzatgan to’pni Xolmatov bir harakat bilan darvozaga yo’lladi – 0:1.

20.Akaki Shulai o’ng qanotdan oldinga bordi va Hamrobekovni aldab o’tdi, Sayfiyev uni qo’pollik bilan to’xtatdi. Burchakka yaqin joydan belgilangan jarima to’pidan naf chiqmadi.

24.Ogohlantirish. «Qizilqum». Sherali Jo’rayev.

25.GOL! ODILJON HAMROBEKOV! Diyor Xolmatovning jarimadan uzatgan to’pini Hamrobekov boshi bilan darvozaga yo’lladi – 0:2.

32.Ogohlantirish. «Paxtakor». Odiljon Hamrobekov.

32.»Qizilqum»da jarima to’pi, Sherali Jo’rayevning yo’llagan zarbasi juda yuqoridan ketdi.

37.Ogohlantirish. «Paxtakor». Azizbek Turg’unboyev.

38.Xavfli vaziyat! «Qizilqum» hujumchisi Marko Simonovski raqib jarima mayoniga kirib zarba berdi, Hamrobekov to’p yo’liga to’g’anoq bo’ldi.

40.»Qizilqum»ning hujumi, o’ng qanotdan Shulaya oldinga bordi va ikki raqibni aldab zarba berdi, zarba kuchsiz chiqdi.

41.PENALTI! «Paxtakor» darvozasi tomon. Hamdamov Akaki Shulayani yiqitgani uchun.

42.GOL! ISLOM KENJABOYeV! Juda kuchli zarba bilan gol urdi, Quvvatov to’p yo’nalishini topgandi, ammo zarba kuchidan uni to’sa olmadi – 1:2.

43.ZARBA! «Paxtakor»ning tezkor javobi, Hamdamov oshirgan to’pni Cheran yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi.

45.Birinchi taymga 2 daqiqa qo’shildi.

45+1.ZARBA! Sardor Sobirxo’jayevning jarima maydoni tashqarisidan yo’llagan zarbasidan keyin Ilyosov to’pni qaytardi.

45+2.Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:2.

46.O’zgarish. «Qizilqum». Jo’rayev o’rniga Vahobov tushdi.

46.O’zgarish. «Paxtakor». Cheran o’rniga Asqarov tushdi.

46.Ikkinchi taym boshlandi.

53.Xavfli vaziyat! Shulaya burchakdan uzatgan to’pni Tarasov boshi bilan darvozaga yo’lladi, biroz noaniq!

56.UXX! Xolmatov uzatgani to’pni Hamdamov boshi bilan darvozaga yo’lladi, ustunga tegib darvozaga borgan to’pni Ilyosov qiyinchilik bilan ushlab oldi. Qo’shimchasiga o’yindan tashqari holat bor ekan.

56.O’zgarishlar. «Qizilqum». Toshpo’latov va Simonovski o’rniga Anvarov va G’iyosov tushdi.

57.UXXX! G’iyosov birga bir vaziyatga chiqib borib kuchli zarba yo’lladi. Quvvatov «Paxtakor»ni muqarrar goldan saqlab qoldi.

63.ZARBA! Vahobovning chap oyoqda yo’llagan kuchli zarbasidan keyin Quvvatov to’pni qiyinchilik bilan qaytardi!

65.Zarba! Yana Vahobovning zarbasidan keyin Quvvatov o’z o’rnida!

67.UXX! Stinvorden kutilmaganda to’pni oldirib qo’ydi, G’iyosov Quvvatov bilan birga bir chiqib ketayotganida Hamrobekov to’pni qaytarishga erishdi!

69.O’zgarish. «Paxtakor». Jarohat olgan Stinvorden o’rniga Azmiddinov tushdi.

69.ZARBA! «Paxtakor»ning tezkor qarshi hujumi, Hamdamovning uzatgan to’pini Sobirxo’jayev darvozaga yo’lladi, Ilyosov to’pni qaytarishga erishdi!

73.Ogohlantirish. «Qizilqum». Akaki Shulaya.

76.O’zgarish. «Qizilqum». Rahmatov o’rniga Rahmatilloyev tushdi.

78.GOL! SARDOR SOBIRXO’JAYeV! Himoyachi to’pni Ilyosovga uzatishda xato qildi, Banashak to’pni Sayfiyevga qoldirdi, Sayfiyev esa Sobirxo’jayevga oshirdi, Sardor bo’sh darvozani osongina ishg’ol qildi – 1:3.

82.O’zgarish. «Qizilqum». Kuxianidze o’rniga Muzaffarov tushdi.

84.O’zgarishlar. «Paxtakor». Sobirxo’jayev va Turg’unboyev o’rniga Kimi Merk va Kuxarchik tushdi.

86.O’zgarish. «Paxtakor». Banashak o’rniga Xoldorxonov tushdi.

90.Ogohlantirish. «Paxtakor». Po’latxo’ja Xoldorxonov.

90.Uchrashuvga 4 daqiqa qo’shildi.

90+4.PENALTI! «Paxtakor» darvozasi tomon!

90+4.QIZIL KARTOChKA! Shahzod Azmiddinov darvozaga kirib ketayotgan to’pni qo’li bilan qaytargani uchun.

90+7.GOL! AKAKI SHULAYA! Penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi 2:3.

90+7.O’YIN TUGADI, «Qizilqum» – «Paxtakor» 2:3

Related Articles

Back to top button