UCHRASHUV

26 avgust kuni «Yoshlar» sport majmuasining kichik maydonida  “Qizilqum” PFK tashabbusi bilan mini-futbol bo’yicha faxriylar o’rtasida Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag’ishlab turnir tashkil etildi. 

Turnirda viloyatimizning turli hududlaridan 4 ta faxriylar jamoalari ishtirok etib, musobaqa qizg’in tarzda o’tdi.
Do’stona ruhda o’tgan turnirning finalida ikki jamoa  – «Qizilqum» hamda «Karmana» faxriylar jamoalari kuch sinashib, «Qizilqum» faxriylar jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchishdi va turnir g’olibiga aylanishdi.
Yakunda faxriylar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, g’olib va sovrindorlar taqdirlanishdi.

Related Articles

Back to top button