Matnli translyatsiya

«Nasaf» va «Qizilqum» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

Uchrashuv boshlandi!

5.Mezbonlar yaxshi burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq G’iyosov to’pni ushlab oldi.

11.Qarshida davom etayotgan uchrashuv asosan maydon markaziyda kechmoqda.

18.ZARBA. Shuhrat Muhammadiyevning ajoyib uzatmasidan so’ng Jambuli Jigaurining zarbasini darvozabon ushlab oldi.

20.Ogohlantirish: Nikolay Tarasov hakam tomonidan ogohlantirildi.

27.Giorgi Kuxianidze yaxshi imkoniyatga ega bo’ldi, biroq hujumchi o’zining imkoniyatidan foydala olmadi.

28.Marko Simonovski yaxshi imkoniyatga ega bo’ldi, himoyachilar to’pni burchakka chiqarib yubordi.

32.ZARBAAA. Kenjaboyevning kuchli va aniq zarbasini Umidjon Ergashev katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

38.Sidiqov yaqin masofadan yo’llagan jarima zarbasi jonli devorga tegmoqda.

Hakam birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berdi.

Ikkinchi bo’lim boshlandi.

49.Marko Simonovskining boshi bilan yo’llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

52.To’p Lima Kruzning jarima maydonchasining ichida qo’liga tegdi, hakam VARga murojaat qilsa kerak, Hakam penalti berishni istamadi.

56.O’zgarish: Abdurahmonov va Sidiqov maydoni tark etdi, ularning o’rniga Stanovich va Bozorov maydonga tushdi.

59.Mozgovoyning boshi bilan yo’llagan zarbasi noaniq ketmoqda.

63.ZARBAAA. Kenjaboyev chap qanotdan ajoyib reyd uyushtirib, pastki yaqin burchakka kuchli zarba yo’lladi. To’p darvoza ustuni yonginasidan o’tib ketdi.

65.ZARBAA. Stanovichning uzoqdan yo’llagan zarba ancha nonaiq ketmoqda.

67.O’zgarish: G’iyosov maydonga tushmoqda, u Marko Simonovskini alishtirdi.

69.O’zgarish: Jaba va Nasrullayev maydoni tark etdi, ularning o’rniga Chaves va Nurulloyev maydonga tushdi.

75.O’zgarish: Rahmatovning o’rniga Sanoyev maydonga tushdi.

79.Qarshiliklarda yaxshi imkoniyat bor edi, biroq Chaves ajoyib imkoniyatni osmonga uchirdi.

80.O’zgarish: Vahobov va Toshpulatov maydonga tushdi, ular Giorgi Kuxianidze va Sherali Jo’rayev maydonni tark etdi.

83.Ogohlantirish: Ifeani Ifeani ogohlantirildi.

84.O’zgarish: Mozgovoyning o’rniga Amonov maydonga tushdi.

86.Kenjaboyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

88.Chaves ajoyib tarzda zarba yo’lladi, biroq Sanoyevdan super seyv.

90.GOOOOOOL. Stanovich hisobni ochmoqda, biroq hakam ofsayd qayd etmoqda. Tarkoriy efirda Chaves ofsaydda qolib ketgani ma’lum bo’lmoqda.

Hakam ikkinchi bo’limga besh daqiqa qo’shib berdi.

90+6.ZARBAA. Kenjaboyevning zarbasini himoyachi qiyinchilik bilan qaytardi.

90+8.UXXXXXX. Zafarmurod Abdirahmatovning zarbasi to’singa tegmoqda.

Related Articles

Back to top button