YANGILIK

«Qizilqum» jamoasining ashaddiy muxlislari diqqatiga!

Ertaga Superligada navbatdagi 17-tur uchrashuvlari boshlanadi. Ushbu turda sevimli jamoamiz Qarshida «Nasaf» mehmoni bo’ladi. Mazkur bahs vakillarimiz uchun juda muhim hisoblanadi.

Shu sababdan «Qizilqum» PFK jamoasi rahbariyati «Nasaf» va «Qizilqum» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda o’z suyuklilarini stadiondan turib qo’llab quvvatlashlari uchun Navoiy-Qarshi-Navoiy yo’nalishida avtobuslar qatnovini yo’lga qo’ymoqda. Avtobuslar ertaga 19 avgust kuni soat 13:00 da Navoiydagi «Yoshlar» sport majmuasi avtoturargohidan jo’nab ketadi. Barcha «Qizilqum» jamoasining ashaddiy muxlislarni kutib qolamiz!.

Related Articles

Back to top button