«Qizilqum» va «Metallurg» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

1.Uchrashuv boshlandi.
3.Kenjaboyev hujumda eronlik raqibiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.
7.O’rinboyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
10.Mezbonlar burchak to’pi ishlashdi, ammo standartni mehmonlar bartaraf etishdi.
11.Kenjaboyev tomonidan ajoyib pas qabul qilib olgan Marko Simonovskining zarbasi mo’ljalga yetib bormadi.
15.Kenjaboyev raqib jarima maydonidagi palapartishlikdan unumli foydalanib ketishi mumkin edi, uning zarbasi rekoshet orqali darvoza ustuni yonidan o’tib ketdi.
20.Toshqo’ziyev raqib jarima maydoni tashqarisida yiqildi, ammo hakam o’yin qoidasi buzilmaganini e’tirof etdi.
22.»Qizilqum»da o’zgarish: Gurgenov jarohat olgan Shukurillayevni almashtirdi.
25.Akaki tezlik bilan qanotdan qochayotgandi, biroq yon hakam to’p maydonni tark etganiga ishora qildi.
29.Kenjaboyev o’ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, lekin Ortiqov o’z vaqtida to’pga chiqdi.
33.Mahinining qo’pol xatosidan so’ng Simonovski 2-3 metr masofadan zarba yo’lladi, Ortiqov vaziyat qahramoniga aylandi, uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni kutishga yarim soatdan oshiqroq vaqt ketdi.
35.Imonovskining zarbasi ko’ngildagidek chiqmadi, «Metallurg» posboni to’pni egallab oldi.
39.Akakining uzatmasi to’g’ri Ortiqovning qo’lllariga borib tushdi.
41.O’rinboyev «Qizilqum» jarima maydoni chegarasida yiqitildi. Hakam VAR bilan maslahatlashmoqda.
44.Yosovich o’ta qulay vaziyatda darvozaga to’g’ri zarba bera olmadi.
45.Birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berildi. Rizo Yazdando’st esa turkmanistonlik himoyachiga qo’pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.
45+2.Kenjaboyevning jarimadan yo’llagan zarbasi «jonli devor»ga tegib qaytdi.
Birinchi bo’lim yakunlandi.
46.Ikkinchi bo’lim O’rinboyevning maydonga cho’kkalab qolishi bilan boshlandi.
49.Sherali Jo’rayev bo’sh darvozasini qo’li bilan ham ishg’ol qila olmagani uchun ogohlantirildi.
51.»Qizilqum» darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.
54.Penalti! Gurgenov Yaznando’stni jarima maydonida yiqitgani uchun ogohlantirildi.
55.GOL! Husniddin G’ofurov 11 metrli nuqtadan «Qizilqum» darvozasini ishg’ol qilib, hisobni ochdi!
59.Tarasovning olisdan yo’llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
61.Abrorbek Toshqo’ziyev Kenjaboyevning zarba berishiga yo’l qo’ymadi.
62.Kenjaboyevning bosh bilan yo’llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, oqibatda raqib posboni to’pni qiyinchiliksiz egalladi.
64.»Metallurg»da ikki o’zgarish: Bektemir Abdumannonov Sardor Abduraimovni, Damir Temirov esa Shahzod Ubaydullayevni almashtirdi.
66.»Qizilqum» futbolchilari qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
67.»Metallurg» tarkibida o’zgarish: Husniddin G’ofurov o’rniga Iskandar Shoyqulov tushirildi.
72.»Qizilqum» tarkibida ikki o’zgarish: Alisher Sanoyev Murodbek Rahmatovni, Ilhom Vahobov esa Sherali Jo’rayevni almashtirdi.
77.Palich qoidabuzarlikka yo’l qo’ynhgani uchun ogohlantirildi.
79.Mahini raqibning qulay vaziyatini bartaraf etdi.
82.Akakiga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi.
87.Kenjaboyevning uzatma aralash zarbasiga aniqlik yetishmadi.
88.Kuhianidzening zarbasidan so’ng Ortiqov hushyorlikni yo’qotmadi.
89.»Qizilqum»da o’zgarish: Muxammadali G’iyosov zaxiradan maydonga tushgan Vahobovni almashtirdi.
90.Ikkinchi bo’limga 6 daqiqa qo’shib berildi.
90+1.Abdumannonov bo’sh darvozani ishg’ol qila olmadi.
90+3.GOL! Abdumannonov uchrashuvga nuqta qo’ydi! Tajribali futbolchi o’zi vaziyatni hal qildi! O’rinboyevdan assist!
Uchrashuv yakunlandi!