BOSH MURABBIY JAMSHID SAIDOV
Jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid SAIDOV o’yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etmoqda

JAMSHID SAIDOV: «Standart vaziyatda bitta qo’pol xatoga yo’l qo’ydik va keyin muvozanatni tiklay olmadik. Hujumlarimizda yakun yetishmadi. Kurash davom etadi, oxirigacha jang qilib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz.»
– Ikki bahsdan beri faol bo’lgan Islom Kenjaboyev erta zaxiraga olindi va bu «Qizilqum» o’yiniga ta’sir ko’rsatdi.
– Kenjaboyev oxirgi 3-4 kun o’zini yaxshi his qilmayotgandi. Jismoniy holati yaxshi emas edi. Buning ustiga uni almashtirib, 3 himoyachi bilan o’ynab, vabankka qo’l urdik.