YANGILIK

«Qizilqum» jamoasining ashaddiy muxlislari diqqatiga!

Ertaga Superligada navbatdagi 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Ushbu turda sevimli jamoamiz voha derbisida, Buxoroda «Buxoro» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsga muxlislar tomonidan qiziqish yuqori. Bunga talaygina sabablar bor. Har ikkala jamoaning turnir jadvalidagi o’rni, qolaversa o’zaro uchashuvlar statistikasi va hakozalar. Shu sababdan ertangi uchrashuvda «konchilar» ga muxlislarning ham yordami kerak.

Barchasini hisobga olgan holda PFK «Qizilqum» jamoasi rahbariyati muxlislarga o’z suyuklilarini ushbu uchrashuvda stadiondan turib qo’llab quvvatlashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Navoiy-Buxoro-Navoiy yo’nalishida avtobuslar qatnovini yo’lga qo’ymoqda. Avtobuslar ertaga 5 avgust kuni soat 15:00 da Navoiydagi «Yoshlar» sport majmuasi avtoturargohidan jo’nab ketadi. Barcha «Qizilqum» jamoasining ashaddiy muxlislarni kutib qolamiz. Navoiylik futbol  muxlislarning qanday kuchga egaligini ko’rsatib qo’yish vaqti keldi!

Related Articles

Back to top button